Sport | 23:42 / 01.07.2018
3559
1 daqiqa o‘qiladi
“Formula-1”ning Avstriya Gran-prisi g‘olibi ma'lum bo‘ldi
“Formula-1”ning 9-bosqichi – Avstriya Gran-prisida “Red Bull” jamoasi poygachisi Maks Ferstappen g‘olib bo‘ldi.
2-3-o‘rinlarni “Ferrari” vakillari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel egallagan.
Fettel ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra poyga yetakchisi Lyuis Xemiltondan 1 ball o‘tib, 146 ball bilan umumiy hisobda yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xemilton hisobida esa 145 ball bor. 3-o‘rinni 101 ball bilan Raykkonen egallamoqda. Gran-pri g‘olibi Ferstappen esa 93 ball bilan 5-o‘rinni egallamoqda.
Poyganing navbatdagi bosqichi Buyuk Britaniyaning Silverstounida 6-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
23:06 / 28.11.2021