Jahon | 02:25 / 10.07.2018
22825
1 daqiqa o‘qiladi

Telefonida momaqaldiroqni suratga olmoqchi bo‘lgan o‘smir halok bo‘ldi

Penza viloyatining Zarechnoye shahrida 17 yoshli o‘smir telefonida momaqaldiroqni suratga olish payti halok bo‘ldi. U yetti qavatli uy derazasidan pastga qulagan, deb xabar berdi PenzaInform.
Fojia tafsilotlari haqida Penza viloyati ta'lim vaziri Aleksandr Voronkov ma'lum qildi. Uning aytishicha, baxtsiz hodisa yakshanba kuni yuz bergan. O‘smir momaqaldiroqni telefoniga suratga olmoqchi bo‘lib yetti qavatli bino derazasidan qulab tushgan.
U og‘ir tan jarohati olib kasalxonaga keltirilgan, ammo ikki soatdan so‘ng vafot etgan.
Vazir ota-onalardan o‘z farzandlari bilan shaxsiy xavfsizlik to‘g‘risida gaplashib olishlarini so‘radi. Voronkov shuningdek bolalarni fojiali oqibatlarga olib keluvchi harakatlarni sodir etmaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid