O‘zbekiston | 11:00 / 15.07.2018
104291
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Menga va komandamga pora kerakmas

14 iyul kuni Toshkent shahar hokimiyatida Toshkent shahar hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda investorlar va tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev korrupsiya borasida barchani ogohlantirdi.

«Hokimliklar, ayyor o‘yinlar qilishni bas qiling. Yana bir bor ogohlantiraman. Yer berilishi shaffof va korrupsiyasiz bo‘lishi kerak. Menga va komandamga pora kerakmas. Yoki Prezidentimizni tushunib, yelkama-yelka yonida turib, katta maqsadimizga birga erishamiz, xalqni rozi qilamiz, yorqin kelajagimizni yaratamiz. Yoki yo‘q bo‘lamiz», dedi Toshkent shahri hokimi uchrashuvda.

Qonunchilik palatasi deputati, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Alisher Qodirov shahar hokimini barchaga o‘rnak qilib ko‘rsatgan: «Har bir rahbar shunday fikrlasa, bizni hech kim to‘xtatolmaydi!»

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev va uning qo‘l ostidagi bir guruh amaldorlar poraxo‘rlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bosh prokuratura viloyat hokimligida ko‘p kvartirali uylarni qurishga ruxsat berish va tadbirkorlarga turar joy obektlar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratishda katta miqdorda pora olish tizimini tashkil etgani fosh qilgandi.

Mavzuga oid