O‘zbekiston | 12:20 / 17.07.2018
23261
1 daqiqa o‘qiladi

«UAZ» O‘zbekistonga avto yetkazishni ikki yarim barobarga oshirmoqchi

Foto: UAZ

«Ulyanovsk avtomobil zavodi» joriy yilda O‘zbekistonga 1000ta avtomobil yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda «Kommersant'».

Avto ishlab chiqaruvchining rejalariga ko‘ra, ular O‘zbekistonga yil so‘ngiga qadar 1000 dona tayyor avtomobil yetkazib berishni maqsad qilishgan. Bu esa o‘tgan yildagidan qariyb 2,5 barobarga ko‘p, deb yozadi nashr.  

Joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida Rossiya bozorida 17,5 mingta «UAZ» avtomobillari realizatsiya qilingan. Savdodagi pasayish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizni tashkil etdi.

Ulyanovsk avtokorxonasi tashqi bozorlarda mahsulotni realizatsiya qilishni faollashtirib, avvalgi ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga urinmoqda.

Bu yil avto ishlab chiqaruvchi o‘z avtomobillarini O‘zbekistonda tashkil etish variantini ham ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid