Time nashri Tramp va Putinning yuzidan “qorishma yuz” hosil qildi
AQShning Time jurnali o‘z muqovasida AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin yuzining qorishma suratini joyladi. Bu haqda nashr saytida ma'lum qilindi.
Jurnalning ushbu surat aks etgan soni 30 iyulda bosilishi kutilmoqda.
Shuningdek, nashr tvitterdagi sahifasida Trampning yuzi Putinning yuziga aylanuvchi videoni joylashtirgan.
Xabarda aytilishicha, “qorishma yuz”ni ikki yetakchining Xelsinkidagi uchrashuvidan ilhomlanib rassom Nensi Burson hosil qilgan. Rassomning aytishicha, u bu surat bilan Putin va Trampning o‘xshashligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
TIME’s new cover: Trump wanted a summit with Putin. He got way more than he bargained for https://t.co/sUu9gGKmmP pic.twitter.com/qq6iOjlis1
— TIME (@TIME) July 19, 2018
Mavzuga oid
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024
Putin Sheynbaum inauguratsiyasida qatnashish uchun Meksikaga bormaydi
09:52 / 14.09.2024
YeI Putinning so‘zlaridan keyin Ukraina uchun qurol bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
18:00 / 13.09.2024