O‘zbekiston | 10:26 / 23.07.2018
84179
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Kollejni bitirgan bola ariza yozolmaydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Yadro fizikasi instituti zalida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

“Vaqt-soati keldi. Hayotga ilmning natijalari amalga oshirilmagani uchun rivojlanishimizning hamma sohalarida sifat darajasi pasayib ketdi. Ilm bo‘lmagani uchun. Men sizlarga bir rost gapni aytaman: kollejni tugatgan bola ariza yozolmaydi! Bu gapim haqiqat! Na kirill alifbosida, na lotinda. 

Nima uchun biz Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzdik? Bir yarim mingdan ko‘proq maktabgacha ta'lim muassasasini ochmoqchimiz, bu tarixda bo‘lmagan, bir yilda bitta ham ochmaganmiz. Agar biz maktabgacha ta'limni rivojlantirmasak, qishloqlarda maktabga kelayotgan bolalarning sifati, saviyasi hozirgi talabga mutlaqo javob bermaydi. Maktablarda 10-11-sinflarni ochdik. Nima uchun? Oliygohda sifat. Endi maktabgacha ta'lim, maktab va oliygoh. 10 yil shu tizimni qilsak ko‘zi yongan, ertangi kunga ishongan, bilimi bo‘lgan, hech kimdan qo‘rqmaydigan, jasur va millatimizning ertangi kuniga befarq bo‘lmagan odamlar paydo bo‘lishi mumkin. 

Viloyatlarga borganimizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Ibrohim Yusupov, Hamid Olimjon, Zulfiya kabi ijodkorlarga bag‘ishlangan katta-katta maktablar ochdik. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlardek ijodkorlar o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lmaydi. Hech qachon paydo bo‘lmaydi. Uni davlat tarbiyalashi, saralashi, unga pul sarflashi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid