Ashxobodda tovuq go‘shti qimmatlashgani noroziliklarga sabab bo‘ldi
Ashxobod shahrida tovuq go‘shti narxi va hukumat olib borayotgan siyosatga nisbatan norozilik huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan darhol bostirildi. Bu haqda «Alternativnyye novosti Turkmenistana» portali xabar berdi.
Nashrning xabar qilishicha, noroziliklar Ashxoboddagi Abadan tumani bozorida yuz bergan. Bozordagilar tozalangan tovuq go‘shti keltirilishini kutib turishgan.
«Tovuq go‘shti davlat do‘konlariga keltiriladi. Uning narxi 14 manat etib belgilangan. Ammo bu safar go‘sht davlat do‘konlarini aylanib o‘tib xususiy do‘konlarda bir kilosi 25 manatdan paydo bo‘ldi. Bu to‘planganlarda norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va haqiqiy to‘polonga aylanib ketdi», — degan nashr suhbatdoshi.
Guvohlarning aytishicha, to‘planganlar baland ovozda norozilik bildirishgan va do‘konga kirishga urinishgan. Olomon orasida narxlarning o‘sishi, aholining qashshoqlanishi va ishsizlik haqida gap-so‘zlar aytilgan. Keyinroq to‘planganlar ularning fikricha mamlakatni shu holatga olib kelgan prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni tanqid qila boshlashgan.
Oradan 20 daqiqa o‘tgach to‘planganlarni fuqaro kiyimidagi kishilar har tarafdan o‘rab olgan va bir necha kishini tutib yerga yotqizishgan. So‘ngra ular maxsus transportga olib chiqilgan. Qolganlar esa har tarafga tarqab ketgan.
O‘sha kuni qo‘lga olinganlar soni va ularning keyingi taqdiri noma'lum, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
21:50 / 10.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
12:09 / 12.08.2024
Venesuela muxolifati butun dunyo bo‘ylab norozilik aksiyalari o‘tkazishga chaqirdi
08:37 / 02.07.2024