Tramp «Rossiya ishi» bo‘yicha ba'zi savollarga javob qaytarishga rozi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, maxsus prokuror Robert Myuller savollariga javob qaytarishga rozi, faqat ular uning Qo‘shma Shtatlarda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari vaqtida Rossiya bilan aloqalariga doir bo‘lishi kerak. Bu haqda Bloomberg uning advokati Rudolf Julianiga asosan xabar qilmoqda.
Tramp bunga javoban Myuller o‘ziga 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi bo‘yicha ish yuzasidan Qo‘shma Shtatlar adliya tizimiga to‘siq yaratishiga doir savollar bermaslikni talab qildi. Julianining tushuntirishicha, maxsus prokuror guvohlar, xususan, FQB sobiq direktori Jyeyms Komining ko‘rsatmalariga ishongan bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Myuller AQSh prezidentining taklifiga hozircha hech qanday javob qaytarmadi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024