Saudiyalik ayollarga samolyotlarni boshqarishga izn berildi
Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasining uchuvchilarni tayyorlovchi mahalliy maktabi xotin-qizlardan iborat birinchi talabalar guruhini qabul qilishga tayyor.
Saudiya Arabistonida ayollar uchun avval yopiq bo‘lgan sohalar ochilmoqda. Shunday qilib, Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi Ad-Dammam shahrida joylashgan Oxford Aviation Academy aviamaktabi filiali ayollarni qabul qilayotgani haqida e'lon qilindi. Gulf News shu haqida xabar berdi.
Yuzlab ayollar o‘zlarini samolyot boshqaruvi qarshisida sinab ko‘rishga tayyorlar. Oxford Aviation Academy rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, maktabda jami 400 kursant ta'lim oladi.
Imtihonlar va tegishli tibbiy testlardan o‘tgan talaba qizlar shu yilning sentabridan o‘qishga kirishishlari mumkin. O‘quv muassasasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kursantlar uch yilda fuqarolik mudofaasi litsenziyasini olishlari mumkin.
"Biz endi ayollar o‘zlarini faqat cheklangan professional sohalarda namoyon qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatda yashamayapmiz. Barcha yo‘llar ochilmoqda. Sizda istak bo‘lsa, imkon albatta topiladi!", - deydi abituriyent qizlardan biri Dalal Yashar.
Mavzuga oid
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
10:26 / 03.07.2024