O‘zbekiston | 13:20 / 29.07.2018
5136
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston ham elektron viza berish tartibini joriy etmoqchi

Foto: Pinterest

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga elektron viza xizmatini taqdim etish ustida ishlamoqda. 

«Kazinform» xabariga ko‘ra, elektron viza ayni paytda ish, sayyohlik yoki davolanish uchun Qozog‘istonga kelayotgan mehmonlarga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. 

Qayd etilishicha, elektron viza egasi Olmaota yoki Ostona shahridagi xalqaro aeroportlarda ro‘yxatga qo‘yiladi. 

«Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xorijiy fuqaroga Qozog‘istonga tashrif buyurishi uchun yuboriladigan taklifnoma, viza berish tartibi, uning mamlakatda bo‘lishi va chiqib ketish qoidalari soddalashtirilmoqda», deyiladi tashqi siyosiy mahkama axborotida. 

Shu yilning iyul oyida O‘zbekistonga kirish elektron viza tartibi joriy qilingan bo‘lib, shunday vizani olish uchun  murojaat qilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 23 iyul holatiga ko‘ra, ya'ni tizim ishga tushgan vaqtdan boshlab bir hafta ichida 1000 nafardan oshdi.​

Mavzuga oid