Jigari ko‘chirib o‘tkazilgan ayol farzandli bo‘ldi
Uch yil avval og‘ir jigar transplantatsiyasini boshdan o‘tkazgan qozog‘istonlik ayol farzand ko‘rdi. Milliy akusherlik, ginekologiya va perinatologiya markazida olmaotalik To‘lqin Aydarova sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi.
Bu 2015 yilda Sizganov nomli Milliy jarrohlik markazida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan jigarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan o‘tkazgan ayolning birinchi farzandidir.
"Ayol qiz farzandini tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirdi, uning vazni - 3 250 gramm, bo‘yi - 52 sm. Shifokorlarning aytishicha, ona va bola o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda", - deyiladi markaz matbuot xizmatida.
"Organlar ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin homiladorlik holati bizning tajribamizda yangilik emas. So‘nggi vaqtlarda organlarni ko‘chirib o‘tkazish bilan bog‘liq operatsiyalardan keyin onalik baxtiga muyassar bo‘lgan ayollar sonining o‘sishi kuzatilmoqda. Biroq bu jigar transplantatsiyasidan keyin sog‘lom farzand dunyoga kelishi qayd etilgan ikkinchi noyob holatdir. Jigar transplantatsiyasi jarrohlikning eng murakkab yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, bu homilador bo‘lishga va sog‘lom farzandni dunyoga keltirishga halal bera olmadi. Albatta, bunday qaror katta mas'uliyat talab qiladi. Operatsiyadan keyin muammolar qayd etilmagan taqdirdagina farzand ko‘rish mumkin", - deydi shifokor Uskinboyev.
Mavzuga oid
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024