Jamiyat | 15:46 / 24.08.2018
8072
2 daqiqa o‘qiladi

«Xavfsiz tun». Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan qancha haydovchi aniqlandi?

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 22-24 avgust kunlari YPX xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan 996 nafar haydovchi aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Shundan:

- mast holda avtomobil boshqargan - 20 nafar;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmagan – 9 nafar;
- yo‘l belgilariga amal qilmagan – 96 nafar;
- tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan – 32 nafar;
- xavfsizlik kamarini taqmagan - 412 nafar;
- quvib o‘tish qoidasini buzgan - 60 nafar;
- avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirgan – 2 nafar;
- YPX xodimi buyrug‘iga bo‘ysunmagan - 2 nafar.

Oynasi ruxsatnomasiz qoraytirilgan transport vositalari - «Lasetti» va «Tiko».

Transport vositasini mast holda boshqarganlar:

• 26 yoshli Z.R. («VAZ-2105»);
• 29 yoshli X.A. («Matiz»);
• 32 yoshli T.S. («Matiz»);
• 31 yoshli A.R. («Lasetti»);
• 35 yoshli S.A. («Spark»);
• 30 yoshli P.D. («Damas»);
• 20 yoshli I.R. («Matiz»);
• 32 yoshli Yu.D. («Matiz»);
• 41 yoshli G.R. («VAZ-21015»).

Mavzuga oid