Jahon | 11:40 / 24.08.2018
47907
2 daqiqa o‘qiladi

Ota qizini yutib yubormoqchi bo‘lgan to‘rt metrli bo‘g‘ma ilonni o‘ldirdi

Ganada fermer yosh bolaga hujum qilgan yirik pitonni (tropik mamlakatlarda bo‘ladigan yirik bo‘g‘ma ilon) o‘ldirdi. Bu haqda Citinewsroom.com sayti xabar bermoqda.

Foto: Citi Newsroom 

38 yoshli Eklu Avayining (Eklu Awayi) iddao etishicha, qizi bir yoshda bo‘lganida uning qichqirishlari g‘ayrioddiy tuyuladi. U qizining oldiga yugurib borgan va chaqaloqni to‘rt metrli bo‘g‘ma ilon yutib yuborishga harakat qilayotganini ko‘rgan.

Erkak bo‘g‘ma ilonni haydashga urinib ko‘rdi, lekin sudralib yuruvchi uning atrofini o‘rab olgan. Fermer sudralib yuruvchining bo‘ynidan ushlab olishga muvaffaq bo‘lib, arqon tashlagan va shu tariqa uni mag‘lub etgan.

Foto: Citi Newsroom 

Piton ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, fermer uni shahar maydoniga sudrab kelgan va mahalliy aholiga ko‘rsatgan. Shundan keyin u tibbiy tekshiruv uchun xotini va bolasi bilan kasalxonaga bordi.

Mavzuga oid