Sport | 15:30 / 26.08.2018
6840
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Karatechilarda yana bir medal uchun imkoniyat bor

O‘zbekiston karate jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Barno Mirzayeva nimchorak va chorak finallardan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim final bahslarida ishtirok etdi.

U dastlab qirg‘izistonlik Kimbat Toytonovaga qarshi tatamiga chiqib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Keyingi bosqichda esa Xitoy Taypey vakili Xsu Veyning 3:0 hisobida mag‘lub etildi.

Ammo Mirzayeva yarim finalda eronlik Rozita Alipurkeshkaga mag‘lub bo‘ldi.

Endi u bronza medal uchun bahslarda ishtirok etadi. Uning medal uchun raqibi tailandlik Arm Sukkiav bo‘ladi.

-67 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan karatechi Iqboljon Uzoqov nimchorak finalda Saudiya Arabistoni vakili Fahad Alxatamiga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Biroz avvalroq O‘zbekiston karate jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Sadriddin Saymatov Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindoriga aylangandi.

Mavzuga oid