Sport | 09:50 / 30.08.2018
14418
2 daqiqa o‘qiladi

Meyuezer Makgregorning qo‘polligiga javob qaytardi

Foto: REUTERS

Irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregorga zalida mashg‘ulot qilishni taklif qilgan amerikalik bokschi Floyd Meyuezer irlandiyalikdan bunga javoban haqorat oldi. 
Makgregor Meyuezerning taklifiga “Meyuezerlarning Katta Floyd va Rojyerdan (Meyuezerning otasi va amakisi) boshqalarini jin ursin. Hech qanday yarashuv yo‘q. Olg‘a borish yoki mag‘lubiyat”, deb qo‘pol javob qaytargan.

Amerikalik ham “qarzdor” bo‘lib qolishni istamay, instagram orqali Makgregorning haqoratiga javob qaytardi. Bokschi ijtimoiy tarmoqda Makgregorga musht tushirayotgani suratini joylashtirib, unga “Men eng oson ishlab topgan 9 raqam. Qalay?”, degan yozuv qoldirgan.

 

A post shared by Floyd Mayweather (@floydmayweather) on

2017 yil avgustda Meyuezer va Makgregor boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazgandi. Meyuezer 10-raundda raqibini nokautga uchratgan. Ta'kidlanishicha, amerikalik ushbu jangi uchun 300 mln dollarga yaqin pul olgan.

28 avgustda Meyuezer Makgregorga rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi jangiga tayyorlanish vaqtida Las-Vegasdagi zalini mashg‘ulotlar uchun berishga tayyorligini aytgandi.

Makgregor va Nurmagomedov o‘rtasida UFC chempioni uchun jang 6 oktabrda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid