Jahon | 18:59 / 31.08.2018
4202
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: qochqin bolalarning yarmidan ko‘pi maktabga bormaydi

Foto: Sabah

2017-2018 o‘quv yilida qochqin oilalarning 4 milliondan ortiq farzandlari maktabga borishmadi. Bu haqida BMTning qochqinlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi Oliy komissari hisobotida aytildi. Unda butun dunyo qochoqlari haqida ma'lumot berilgan. BMT institutlari tashabbuslariga qaramasdan, ta'lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar soni oshib bormoqda. 

2017 yil holatiga ko‘ra, butun dunyoda 25.4 mln. qochqinlar mavjud. Ularning 19.9 millioni BMT tomonidan himoyaga olingan. Ushbu raqamning 52%ini bolalar tashkil etadi. 7.4 million nafari maktab yoshidagilardir. 2016 yilda 3.5 mln.dan ortiq bolalar maktabga chiqmagan. 2017 yilda ko‘rsatkich 4 millionga ko‘paydi. 

Global miqyosda olib qaraganda, 92% qochqinlarning farzandlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bo‘lishlari kerak, ammo bu 61%ni tashkil etmoqda. 

Ta'lim olishning cheklanishi kelajakda juda katta talafotlarga olib kelishini aytmoqda BMTning qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi. Uning fikricha, maktab bolalarning normal hayot kechirishlariga yordam beradigan maskandir. 

Mavzuga oid