Sport | 22:40 / 19.09.2018
5989
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kubogi. OKMK qiyinchilik bilan Pro-liga klubi to‘sig‘idan o‘tdi

Foto: Mash'al FK matbuot xizmati

O‘zbekiston Kubogida chorakfinal o‘yinlari yakunlandi.

Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Pro-liga vakili, Muborakning «Mash'al» klubini qabul qildi. 

56-daqiqada «Mash'al» Xumoyun Murtazoyev zarbasidan so‘ng, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 78-daqiqada Kamoliddin Murzoyev uni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmagach, qo‘shimcha taymlar belgilandi. Unda OKMK qiyinchilik bilan gol urib, g‘alabani ilib ketdi. 110-daqiqada Vladimir Bubanya hal qiluvchi to‘pni darvozaga yo‘lladi. So‘nggi soniyalarda esa Jasur Hasanov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etib, yakuniy hisobni belgiladi.

Natijada OKMK O‘zbekiston Kubogi yarimfinaliga chiqdi. Avvalroq «Paxtakor», «Qo‘qon-1912» va «Bunyodkor» klublari ham 1/2 final ishtirokchisiga aylanishgan edi.

Yarimfinal juftliklari Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan «Gol» ko‘rsatuvi vaqtida tashlanadigan qur'a orqali aniqlab olinadi. Ko‘rsatuv ertaga, 20 sentabr kuni soat 19:40da boshlanadi.  

1/2 final o‘yinlari 27-28 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston kubogi, 1/4 final
19 sentabr, Olmaliq
OKMK (Olmaliq) - Mash'al (Muborak) - 3:1 (q.v.)
Gollar:  Kamoliddin Murzoyev (78), Vladimir Bubanya (111), Jasur Hasanov (120+2) - Humoyun Murtazoyev (56)

Mavzuga oid