Prokurorga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman prokurori B.Suyunov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, «Sherali» QFYda o‘tkazilgan tekshirish bo‘yicha QFY raisi F.Yodgorov unga nisbatan yengillik ko‘rsatilishini so‘rab, evaziga 100 AQSh dollari pora taklif qilayotganligini bildirgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, bildirgiga asosan, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan 20.09.2018 yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, F.Yodgorov tuman prokurori B.Suyunovga 100 AQSh dollari pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan F.Yodgorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:36
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
13:17 / 20.10.2024
Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
07:50 / 10.10.2024