O‘zbekiston | 21:00 / 23.09.2018
30074
1 daqiqa o‘qiladi

Binali Yildirim O‘zbekistonga keldi

Bugun, 23 sentabr kuni Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim O‘zbekistonga keldi. Bu haqda uning rasmiy tvitterida xabar qilingan.

Anqarada samolyotga chiqishdan oldin Yildirim jurnalistlarning savollariga javob qaytargan. U ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy darajadagi tashriflar ortidan Anqara va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar strategik hamkorlik bosqichiga chiqqanini e'tirof etgan.

Binali Yildirimning tashrifi dasturidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan hamda O‘zbekistonning boshqa rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

U shuningdek, Samarqand va Buxoroni ziyorat qilishni rejalashtirgan. Uning O‘zbekistonga tashrifi 26 sentabr kuniga qadar davom etadi.

Mavzuga oid