Instagram asoschilari iste'foga chiqmoqda
Instagram bosh direktori Kevin Sistrom va ijtimoiy tarmoqning bosh texnik direktori Mayk Kriger iste'fo berishdi, yaqin haftalar ichida ular kompaniyani tark etadi. Bu haqda The New York Times gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Sistrom va Kriger 25 sentabr, seshanba kuni Instagram va ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Facebook rahbariyatiga o‘z qarorlarini ma'lum qilishgan. Manbalarning ta'kidlashicha, Instagram hamasoschilari o‘z iste'folari sabablarini izohlashmagan, ammo ular ishdan bo‘shatilganidan keyin ta'til olishni rejalashtirayotganliklari haqida aytishgan.
Gazetadan taxmin qilishlaricha, Sistrom va Kriger Instagram’ni hozirgi kunda Facebook bilan kuzatilayotgan eng katta inqiroz tufayli tark etishga qaror qilganlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola Karimovaning Instagram sahifasi hujumga uchragani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:21 / 04.10.2024
Tsukerberg dunyodagi eng badavlat insonlar reytingida Amazon asoschisini ortda qoldirdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
21:56 / 18.09.2024