Binali Yildirim avtofalokatda jabrlanganlardan hol so‘rash uchun kortejini to‘xtatdi
Turkiya parlamenti spikeri Binali Yildirim yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarning ahvolini bilish uchun o‘z kortejini to‘xtatdi.
1news ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqea Yildirim Esenbog‘a aeroportiga ketayotganda yuz bergan. Yildirim aeroportdan O‘zbekistonga uchishi kerak bo‘lgan.
Yildirim yo‘lda avtofalokat yuz bergani va yerda ikki nafar jabrlanuvchi, jumladan politsiyachi yotganini ko‘rib, ularning ahvolini bilish uchun avtomobilini to‘xtatgan.
Yildirimning shaxsiy shifokori va parlamentda ishlovchi shifokorlar jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatishgan. Yildirim jabrlanuvchilarga tez orada sog‘ayib ketishni tilab, yo‘lida davom etgan.
Yildirim O‘zbekistonga 23 sentabrda keldi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
16:23 / 29.07.2024