Sport | 08:57 / 26.09.2018
18215
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik bokschi Entoni Joshua bilan jang qilmoqchi

Foto: RIA Novosti/Vladimir Astapkovich

Boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning ma'lum qilishicha, kelajakda britaniyalik Entoni Joshua bilan jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni bilan jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun Toni Belyuga qarshi bahsga rozi bo‘lgan.

«Belyu bilan jang qilishga rozi bo‘lganimning sabablaridan biri - bu Entoni Joshua bilan kurashish huquqini qo‘lga kiritish.

Bu strategiyamizning bir qismi, shuning uchun Eddi Xirn bilan hamkorlik qilyapmiz. Unda Toni Belyu, Entoni Joshua, Dillian Uayt va yana bir necha og‘ir vaznlilar bor. Bu Joshua bilan jang qilishning eng yaxshi usuli, eng qisqa, lekin ancha mushkul yo‘li», - deya ukrainalikning so‘zlarini keltiradi Boxingscene.

Usik — Belyu jangi 10 noyabr kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid