Sport | 20:40 / 24.10.2018
8030
1 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» Toshkent derbisida «Bunyodkor»ni yengdi va boshqa natijalar

Foto: KUN.UZ

Superligada 27-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.

Toshkent derbisida «Bunyodkor» va «Paxtakor» bellashdi. O‘yin mehmonlarning ustunligida o‘tib, 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 27 ochko bilan 2-o‘rinda, «Bunyodkor» esa 20 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 

Qolgan o‘yinlarda «Buxoro» o‘z maydonida «Metallurg»ni yengdi. «Qo‘qon-1912» esa «Neftchi»dan ustun keldi.

Superliga, 27-tur
24 oktabr

«Bunyodkor» - «Paxtakor» 0:2
Gollar: Tiago Bezerra (36), Jamshid Iskanderov (80)

«Buxoro» - «Metallurg» 1:0
Gol: Akobir To‘rayev (19)

«Qo‘qon-1912» - «Neftchi» 2:0  
Gollar: Darko Gojkovich (9, 74)

Mavzuga oid