Jahon | 09:00 / 03.11.2018
7969
1 daqiqa o‘qiladi

Xeyli BMTni Kuba tufayli tanqid ostiga oldi

Foto: REUTERS

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli tashkilot yangi rezolyutsiyasini tanqid qildi. U Kubadan iqtisodiy, moliyaviy va savdo embargosi olib tashlashni nazarda tutadi, deya xabar qilmoqda Fox News.

Xeylining so‘zlariga ko‘ra, BMT mintaqadagi inson huquqlari buzilishi holatlarini qoralashni istamaydi. Uning ta'kidlashicha, Kuba o‘z xalqining oddiy huquqlarini ham tan olmayapti va erkinlikni inkor etib keladi.

«Qo‘shma Shtatlar huquqlari va erkinliklari tiklanmagunga qadar Kuba xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - dedi Xeyli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomoni o‘z pozitsiyasidan qaytmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolton «zolimona hukmronlik uchligi» ishtirokchilarini ma'lum qilgandi.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Kuba, Venesuela va Nikaraguani «zolimona hukmronlik uchligi», deb atadi. 

Mavzuga oid