Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi nomzod topdi
Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o‘rniga direktorlar kengashining yangi rahbari bo‘ladigan nomzod aniqlandi. Bu haqda Tesla saytida ma'lum qilindi. Ushbu lavozimni shu paytga qadar direktorlar kengashiga mustaqil direktor sifatida kiritilgan Robin Denxolm egallaydi.
Ayni vaqtda Denxolm yana bir kompaniyada ham rahbar – u Avstraliyaning Telstra mobil operatorining moliya direktori va strategiya bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi.
«Robin bizning jamoaga qo‘shilgani uchun unga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unga chuqur hurmatimni bildiraman. Hamkorlikda ishlashimizga umid qilaman», — deb yozdi Tesla asoschisi Twitter sahifasida.
Mask AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi bilan kelishuvga muvofiq Tesla kompaniyasidagi ikkita rahbarlik lavozimidan birini tark etishi lozim. U hozirda kompaniyaning bosh direktori ham hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:15 / 02.10.2024
Floridada “Helen” to‘foni sabab suv bosgan garajda Tesla avtomobili yonib ketdi
23:19 / 10.09.2024
Yevropa Ittifoqi Tesla va Xitoyda ishlab chiqarilgan elektomobillar uchun bojlarni kamaytiradi
21:51 / 05.09.2024
Tesla 2025 yilda Xitoy va Yevropa bozorlariga «avtopilot» tizimini olib kirmoqchi
13:31 / 23.08.2024