O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
O‘zbekiston va yana 25 mamlakat BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan «Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahrida (Ukraina) inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat» yangilangan rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Ukrainaning BMT huzuridagi missiyasi Twitter’dagi sahifasida xabar qilgan.
Jami 67 mamlakat rezolyutsiya loyihasini ma'qulladi, 82tasi betaraf qoldi va 26tasi qarshi ovoz berdi.
Xususan, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Xitoy, Kuba, KXDR, Eritreya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Myanma, Nikaragua, Rossiya, Serbiya, JAR, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tojikiston, Uganda, O‘zbekiston, Venesuela, Zimbabve qarshi ovoz berdi.
BMT Qrimda inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
Qo‘mitada ovoz berilganidan so‘ng, loyiha BMT Bosh assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ovoz berish joriy yilning dekabr oyida kutilmoqda.
Kuni kecha ma'qullangan rezolyutsiya loyihasida, xususan, Kremlning ukrainalik siyosiy asirlari nomi ko‘rsatilgan.
Ukraina tomoni ishlab chiqqan rezolyutsiya matnida aytilishicha, Qrimda diniy ozchiliklarga nisbatan «bosim kuchayib borayotgani» kuzatilmoqda. Uning mualliflari fikricha, ozchiliklarga «politsiya reydlari», shuningdek, «tahdidlar va ta'qiblar» orqali bosim o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 11.11.2024
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024