Anatoliy Chubays Samarqandda Suhrob Xolmurodov bilan uchrashdi
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov mamlakatga tashrif buyurgan “Rosnano” AJ bosh direktori Anatoliy Chubays bilan uchrashdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
“Rosnano” 2011 yilda “Rossiya nanotexnologiyalar korporatsiyasi” negizida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda nanotexnologiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi. Zamonaviy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik loyihalarni hayotga tatbiq etishga sarmoya kiritadi. Jamiyatning investitsiyalash siyosati asosan elektrotexnika, optoelektronika va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash va biotexnologiya, metallurgiya, mashinasozlik, energetika, qurilish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, kimyo va neft-kimyo sohalariga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 37 hududida “Rosnano” sarmoyasi asosida tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari va 95 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Jamiyatning aksiyalari to‘liq davlat tasarrufida. Keyingi to‘rt yilda kompaniya to‘la foyda bilan ishlamoqda.
Uchrashuvda mamlakatda nanotexnologiyalardan foydalanish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Mazkur yo‘nalishda “Rosnano” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Mavzuga oid
13:49
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024