AQShning beshinchi floti qo‘mondoni Bahraynda jonsiz holda topildi
Bahraynda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining beshinchi floti qo‘mondoni Skott Stirni jonsiz holda topildi.
“Beshinchi flot qo‘mondoni vitse-admiral Skott Stirni 1 dekabrda Bahrayndagi qarorgohida o‘lik holda topildi”, deyilgan xabarda.
Harbiy-dengiz kuchlarining jinoiy tergov xizmati va Bahrayn ichki ishlar vazirligi harbiyning o‘limini tergov qilmoqda.
Ayni vaqtda bu qotillik bo‘lganini gumon qilishga sabablar yo‘q.
Stirni 1984 yildan harbiy uchuvchi bo‘lib xizmat qilgan. AQSh harbiy kontingentining Afg‘onistondagi faoliyatida ishtirok etgan. Beshinchi flotga 2018 yil mayidan qo‘mondonlik qila boshlagan. Bir qator medallar bilan taqdirlangan.
Bahrayn AQSh beshinchi flotining asosiy joylashish punkti hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024