Nyu-Mexiko qoyalaridagi yer osti dunyosi
Nyu-Mexiko qoyalaridagi yer osti dunyosi Ra Polett (Ra Paulette) ismli haykaltarosh tomonidan yaratilgan. Yigirma besh yil davomida u tosh o‘ymakorligi bilan shug‘ullangan. Bu vaqt ichida u go‘zalligi bo‘yicha bir necha g‘aroyib g‘orlarni yaratishga erishdi. Ulardan ayrimlarini turar-joy maskanlariga aylantira oldi.
Toshni o‘yish san'atini Ra mustaqil ravishda o‘zlashtirgan. Uning yordamchilari yo‘q va faqat sodiq itigina uning yonida bo‘ladi. Tosh devorlar ustida betakror barelef va naqshlarni o‘yishda u qo‘l asbobidan foydalanadi: kurakcha, iskana va skrebkalar. Albatta bu eng samarali usul emas, deydi mustaqil ravishda o‘rgangan usta, biroq eng ishonchlisi. Uning o‘zi tan olishicha, ish unga katta zavq beradi. U o‘z xobbisini o‘ziga xos meditatsiyaga aylantirgan.
Har bir g‘or bezatilishi bo‘yicha o‘ziga xos uslubga ega. Uning ishiga yomg‘ir va qor putur yetkazmasligi uchun usta yoriqlarni eshik va derazalar bilan berkitadi. “Sharshara” keng hovuzga ega bo‘lib, unda suzish hamda maxsus tosh o‘rindiqlarda o‘tirish mumkin. “Hayot daraxti” g‘orida esa hayot haqida o‘y surish, Ra tomonidan o‘sha daraxt shox va barglari bilan bezatilgan baland majmualarni tomosha qilish mumkin.
Ana shunday o‘yilgan g‘orlardan birida muallif o‘z uyini ham yaratdi. Bu yerda qulay hayot uchun barcha sharoit bor: yotoqxona, oshxona, yuvinish xonasi, hojatxona va mehmonxona. G‘orda elektr bor va vodoprovod ham o‘rnatilgan. Yog‘ochdan ishlangan pol uyni issiq saqlaydi. Bu joyda sovuq kunlar kam bo‘ladi. Bu kabi g‘orli uylarni Ra Polett sokinlik va tabiat bilan hamohanglikda yashash ishtiyoqida bo‘lganlarga sotadi. Hozirda tarmoqda sotuvga qo‘yilgan g‘orni ko‘rish mumkin. U 995 ming dollarga sotilmoqda.
2013 yilda rejisser Jyeffri Karoff «G‘or qazuvchi» (CaveDigger) filmini suratga oldi. Bu kartina «Eng yaxshi qisqa metrajli film» nominatsiyasida Oskar kinomukofoti uchun nomzod sifatida taqdim etildi.
Mavzuga oid
09:42 / 26.08.2023
Boy-buloq g‘ori chuqurligi rekord darajada «uzaydi»
11:01 / 20.07.2022
Surxondaryodagi tuz g‘origa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar mavjud - Madaniy meros agentligi
08:20 / 29.08.2019
O‘zbekistondagi g‘or dunyoning eng chuqur g‘orlaridan biri sifatida e'tirof etilishi mumkin
16:17 / 04.06.2019