Poroshenko Rossiyaga keskin javob qaytarilishini ma'lum qildi
Kerch bo‘g‘ozidagi voqea Rossiyaning «qizil chiziq»ni kesib o‘tganini anglatadi, dedi Ukraina prezidenti Petr Poroshenko. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.
«Ukraina kemalariga qarshi o‘t ochilishi Rossiyaning "qizil chiziq"ni kesib o‘tganini bildiradi va biz bunga aniq va keskin javob qaytarishimiz shart», dedi Ukraina prezidenti NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Poroshenko shuningdek, NATOning hibsga olingan Ukraina kemalari va dengizchilarini zudlik bilan qo‘yib yuborish bo‘yicha Rossiyaga nisbatan chaqirig‘ini ma'qullashini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Rossiya FXX Kerch bo‘g‘ozida Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli uchta kemani hibsga olgandi. Ushbu holat bo‘yicha davlat chegarasini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, kemalar bortida bo‘lgan 24 nafar ukrainalik dengizchi ikki oyga hibsga olindi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024