Fan-texnika | 10:10 / 03.01.2019
20335
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ndi
Xitoyning «Chan'e-4» kosmik apparati insoniyat tarixida birinchi marta Oyning teskari tomoniga qo‘ndi. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» agentligi tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
Associated Press agentligining Xitoy televideniyesiga asosan aniqlik kiritishicha, apparat Xitoy vaqti bilan soat 10:26da (Toshkent vaqti bilan 6:26) Oyga qo‘ngan.
Xitoy hukumatining qayd etishicha, bu voqea «kosmik tadqiqotlar sohasida muhim bosqich» hisoblanadi.
Avvalroq, «Chan'e-4» Oyga yaqinlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Morgan Stanley 2019 yilni «kosmos yili» deb atagandi.
Mavzuga oid
12:30 / 01.10.2024
O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi” o‘tkaziladi
14:20 / 16.09.2024
Polaris Dawn kosmik missiyasi ekipaji Yerga qaytib keldi
21:36 / 10.09.2024
SpaceX birinchi shaxsiy tadqiqot missiyasini uchirdi. Noprofessional astronavtlar ochiq kosmosga chiqadi
12:59 / 04.09.2024