Britaniyalik fotograflar kishini hayratga soluvchi issiqxonalar suratini ommaga namoyish etishdi
Botanika bog‘lari va gulxonalar ulkan sayyoramizdagi o‘ziga xos olam kabi go‘yo. Bu yerning o‘z mikroiqlimi, betakror atmosferasi bor. Ushbu maskanlarda gulxona joylashgan yer uchun xos bo‘lgan o‘simliklar o‘sishi, tirik organizmlar mavjud bo‘lishi mumkin. Angliyalik ikki fotograf Indiya Xobson va Magnus Edmondson mazkur yashil orollarning yana bir o‘ziga xosligini ko‘zdan kechirishadi: ular bir vaqtning o‘zida madaniyat, arxitektura va jonli tabiat elementlarini aks ettiradi. Naqadar muhtasham to‘plam!
Mana bir necha yildirki, duet dunyo bo‘ylab sayohat qiladi hamda kishini hayratga solishga qodir bo‘lgan eng go‘zal gulxonalarni suratga oladi va ularning chiroyini butun dunyoga namoyish etadi. Ushbu suratlarni tomosha qilgach, o‘z trevel-ro‘yxatingizga bir necha bog‘larga borishni kiritishingiz aniq.
Ko‘rfaz yaqinidagi bog‘lar, Singapur.
Brisben botanika bog‘i, Kvinslend, Avstraliya.
Kibbl saroyi, Glazgo botanika bog‘i, Buyuk Britaniya.
Oksford universiteti botanika bog‘i, Buyuk Britaniya.
Barbikan gulxonasi, London, Buyuk Britaniya.
Ko‘rfaz yaqinidagi bog‘lar, Singapur.
Ueykfildedagi Torns bog‘i, G‘arbiy Yorkshir.
Adelaidadagi ikki yuz yillik qishki bog‘, Janubiy Avstraliya.
Tokiodagi Sindzyuku-gyoen bog‘i, Yaponiya.
Gamburgdagi tropik issiqxona, Germaniya.
Brisben botanika bog‘i, Kvinslend, Avstraliya.
Sidney botanika bog‘i, Avstraliya.
Sidney botanika bog‘i, Avstraliya.
Bulon o‘rmonidagi Otyoy gulxona bog‘i, Fransiya.
Bulon o‘rmonidagi Otyoy gulxona bog‘i, Fransiya.
Mavzuga oid
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
18:17 / 08.11.2024
AQSh ortidan Britaniya ham O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
22:11 / 07.11.2024