Sport | 15:50 / 18.01.2019
9400
1 daqiqa o‘qiladi

Maya Yoshida: «O‘zbekiston futbolchilari maydonda bahamjihat, tartibli harakat qilishdi»

Foto: Getty Images

BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya – O‘zbekiston uchrashuvidan (1:2) so‘ng mikst zonada futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Xususan, o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan kuzatgan Yaponiya terma jamoasi sardori, Angliyaning «Sauthempton» klubida o‘ynovchi himoyachi Maya Yoshida O‘zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

— O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi kuchli futbolchilardan tashkil topgan, maydonda bahamjihat, tartibli harakat qilishdi. Futbolchilardan 22-raqamli (J.Siddiqov), 14-raqamli (E.Shomurodov), 18-raqamli (F.Musayev)larning harakati ayniqsa yoqdi.

Garchi hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsak-da, ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Yaxshi terma jamoa.

Mavzuga oid