Non va mosh orasiga yashirilgan kumush taqinchoqlar fosh etildi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tilishiga doir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro A.X.ning qo‘l yuklari orasidagi non va idishga solingan mosh ichiga yashirib qo‘yilgan salkam 72 gr. og‘irlikdagi kumush taqinchoqlar olib kirilishi to‘xtatib qolingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bojxona chegarasi orqali respublikaga kirib kelayotgan yo‘lovchilar tomonidan qiymati va miqdori bojsiz olib kirish me'yorlaridan ortiq bo‘lmagan tovarlarni to‘lovlarsiz olib o‘tishlari mumkin. Faqatgina jismoniy shaxslar yonidagi tovar-moddiy boyliklarni to‘g‘ri deklaratsiyalab berishlari talab etiladi.
Mavzuga oid
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023