Olimlar sayyoramizda iqlim xaosi yuz berishini bashorat qilishmoqda
Muzliklarning erishi ob-havo sharoitlarining ekstremal o‘zgarishini keltirib chiqarishi va butun dunyo bo‘ylab haroratning oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin. Bunday fikrni Kanadaning Makgill universiteti olimlari bildirishdi.
Olimlar davlat va xalqaro tashkilotlarning hozirgi iqlim siyosatidan kelib chiqib iqlim o‘zgarishi ssenariysini modellashtirishdi. Arktika va Antarktidadagi muzliklar maydonlari qisqarishi taxmin qilinmoqda, bu esa 2100 yilga kelib harorat va okeandagi suv oqimlari sirkulyatsiyasi o‘zgarishlariga olib keladi.
“Joriy model doirasida biz sanoatgacha davrdagi darajadan 3-4 daraja isish tomon yo‘nalmoqdamiz, bu sababli okeanlarga Grenlandiya va Antarktida muzliklaridan katta miqdorda erigan suv tushadi. Bizning voqealar rivoji ssenariymizda bu dengiz oqimlari va haroratning o‘zgarishiga olib keladi”, deb aytgan tadqiqotning yetakchi muallifi, Vellingtondagi Qirolicha Viktoriya universitetining Antarktidani o‘rganish markazi professori Nik Gollej.
Modelga ko‘ra, muzliklar erishidan effekt bir xil bo‘lmaydi – erigan suvning Golfstrimga tushishi oqimni sekinlashtiradi, bu esa Arktika, Kanada sharqi va Markaziy Amerikada harorat ko‘tarilishiga, Yevropa shimoli-g‘arbida esa aksincha sovishiga olib keladi.
Mavzuga oid
15:31 / 14.11.2024
COP29: iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trln dollar
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
13:36 / 08.11.2024
2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilyapti
18:18 / 06.11.2024