Eng yaxshi iPhone modellari aniqlandi
Reddit portalida iPhone modellaridan eng yaxshisi uchun ovoz berildi. Foydalanuvchilar iPhone’ning eng muvaffaqiyatli modellari borasida o‘z izohlari bilan bo‘lishishgan.
Resurs foydalanuvchilaridan biri smartfonning barcha modellari ketma-ket joylashtirilgan suratni joylashtirib, ulardan eng yaxshisini tanlashni taklif qilgan. Ikki kun ichida post 10 mingga yaqin layk va 400 dan ko‘proq izoh to‘plagan. Natijada eng ko‘p ijobiy fikrni iPhone 5, 5S va SE modellari to‘plagan.
Ko‘rinishicha, Apple’da ham buni biladilar. iPad Pro’ning yangi modellari dizayni aynan shu modellar uslubida bajarilgani ham bejiz emas. Foydalanuvchilar, shuningdek, iPhone 7 va iPhone XR smartfonlarini ham qayd qilib o‘tishgan. “Inqilobiy” iPhone X smartfonini esa deyarli hech kim esga olmagan.
Mavzuga oid
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
21:52 / 13.09.2024
Apple o‘g‘irlangan ehtiyot qismlar o‘rnatilgan iPhone qurilmalarini bloklashni boshlaydi
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
20:24 / 26.08.2024