Putin va Lukashenkoning chang‘i uchishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi
Rossiya va Belarus yetakchilari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenkoning chang‘ida uchishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, prezidentlarning tog‘-chang‘i trassasida paydo bo‘lishi sayyohlarni juda hayratga solgan.
Putin trassaning sifatini baholagan, shuningdek, markazga tashrif buyurgan kishilardan biri bilan suhbatda chang‘ini snouborddan yaxshiroq deb hisoblashi haqida aytib o‘tgan.
Shu bilan birga, prezident vaqti kelib snoubordda ham o‘zini sinab ko‘rish istagi borligini bildirgan.
Avvalroq, Belarus yetakchisi kurortni maqtagani va Sochini o‘z uyi deb bilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Lukashenko Belarusga G‘arb va Sharqdan tahdid borligi haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 21.09.2024
Putin Sheynbaum inauguratsiyasida qatnashish uchun Meksikaga bormaydi
22:33 / 16.09.2024
Lukashenko yana 37 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
09:52 / 14.09.2024
YeI Putinning so‘zlaridan keyin Ukraina uchun qurol bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
18:00 / 13.09.2024