Jamiyat | 11:13 / 16.02.2019
4941
2 daqiqa o‘qiladi

FVV Toshkent viloyatida taktik-maxsus o‘quv mashqlar o‘tkazdi

Foto: FVV matbuot xizmati

15 fevral kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida «Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish Davlat tizimi hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tadbirda Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat veterinariya qo‘mitasining hududiy xizmatlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari ishtirok etdilar. 

Foto: FVV matbuot xizmati

O‘quv mashqlari davomida mas'ul xizmatlarning quturish kasalligi profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida olib borayotgan sanitar-targ‘ibot ishlari hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda FVDTning hamkorlikdagi harakatlarini baholash ishlari amalga oshirildi.

Soha mutaxassislari tomonidan aksariyat hollarda mamlakatda fuqarolar tomonidan uy hayvonlari, it va mushuklarni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida odamlar va hayvonlar quturish kasalligi viruslari bilan zararlanayotganligi ta'kidlanmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Quturish kasalligi bilan bog‘liq holatlar asosan, yosh bolalar va kattalar qarovsiz qolgan hayvonlardan jarohatlanganda o‘z vaqtida tibbiy muassasalarga va yordamga murojaat qilmasliklari, shuningdek, shahar va tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalaridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari tomonidan qarovsiz hayvonlarni ushlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Hozirgi kunga qadar quturish kasalligiga dori-darmon va unga qarshi davolash usullari aniqlanmagan. Ushbu kasallikka qarshi kurashishning yagona usuli, faqat o‘z vaqtida to‘liq yordam olishdir.

Ma'lumot uchun, quturish – davolab bo‘lmaydigan kasallik bo‘lib, unga qarshi nafaqat mas'ul xizmatlar mutaxassislari, balki, keng jamoatchilik kurashishi zarur. 

Mavzuga oid