Iqtisodiyot | 13:07 / 22.02.2019
27037
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga kiyim-kechak yetkazib berish bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Foto: Shutterstock

Qozog‘istonda kiyim-kechak importi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda LS xabar berdi.

2018 yilda qo‘shni mamlakat 512,3 million dollarlik 34,5 ming tonna kiyim-kechak import qildi. Umuman olganda, import 4,9 foizga pasaydi, mablag‘ bo‘yicha esa 5,5 foizga oshdi.

Eng ko‘p kiyim-kechak O‘zbekistondan yetib kelgan (18,4 mln dollarlik 10,1 ming tonna), 2017 yilda Xitoy yetkazib berish hajmi bo‘yicha yetakchiga aylangandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston kiyim-kechagi Xitoynikidan bir necha marotaba arzonroq, sababi Xitoy, garchi son jihatidan kamroq kiyim (8,5 ming tonna) yetkazib bergan bo‘lsa-da, mablag‘ bo‘yicha bu ko‘rsatkich 83,5 million dollarni tashkil qildi.

Rossiya yil davomida 6,2 ming tonna (158,2 million dollar) shunday tovar yetkazib berdi, Turkiya - 4,6 ming tonna (98,5 million dollar), Bangladesh - 1,9 ming tonna (42,9 million dollar), Qirg‘iziston - 1 ming tonna (3 mln dollar), Eron - 228,7 tonna (133,9 ming dollar).

Mavzuga oid