Xitoyning eng qidiriluvchi qochoq korrupsiyachilaridan biri hukumatga taslim bo‘ldi
Xitoyning eng qidiriluvchi qochoq korrupsiyachilaridan biri Li Tszyansyun xorijda 17 yil yashirinib yurgandan keyin ko‘ngilli tarzda hukumatga taslim bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Foshan shahrining Nanxay tumanida ko‘chmas mulk bitimlari bilan shug‘ullangan sobiq amaldor Li Tszyansyun korrupsiyada ayblanmoqda. Nanxay tumani prokuraturasi ushbu ish bo‘yicha tergovni 2002 yilda Li xorijga kochib ketgandan 2 oy keyin boshlagan. U 2003 yil mayida Interpolning eng ko‘p qidiriluvchi kishilari ro‘yxatiga kiritilgan.
Li 2019 yil 1 mart kuni Xitoy mutasaddi idoralariga taslim bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymonligini hamda xorijga noqonuniy olib chiqib ketgan barcha o‘g‘irlangan mablag‘larni qaytarish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
13:15 / 27.01.2024
“Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi” - Rossiyalik ikki qochoq oddiy qayiqda AQShgacha qanday yetib borgandi?
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023