Sport | 12:08 / 06.03.2019
14463
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng hashamatli sport zali

Eng hashamatli sport majmuasi Centuryon Osiyoda joylashgan. Uning Xitoy va Vetnamda filiallari bor.

Asoschisi Rendi Dobsonning fikriga ko‘ra, uning sport zallari har bir badavlat kishi uchun zarur bo‘lgan hashamat va eksklyuzivdir. Suratlarni tomosha qilib ham ana shu hashamatga sho‘ng‘ish mumkin.

Bu kabi klubning ishtirokchisi bo‘lish oson emas, buning uchun biometrik datchik olish zarur. Yoga bilan shug‘ullanish zalida individual mashg‘ulotlarga buyurtma berish imkoniyati mavjud. Hordiq zonasida o‘zingiz bilan mehmonni ham taklif qilsangiz bo‘ladi.

Intererda ko‘plab yaraqlaydigan ekspozitsiyalar bor. Ulardan biri tovlanadigan qandillar. Alohida hududda esa sauna, hammomni o‘z ichiga olgan kabinka ham mavjud.

Centuryon klubi asosan Italiyada ishlab chiqarilgan ko‘plab sport anjomlariga ega. Shuningdek, mashg‘ulot vaqtida zerikmaslik uchun har bir zalda televizor o‘rnatilgan. Jismoniy mashg‘ulotlardan keyin karaoke va bilyard zalida dam olish mumkin.

Sabzavot bari ham ko‘zda tutilgan. Deyarli barcha klublar turli tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallab jihozlangan.

Mavzuga oid