Jahon | 14:00 / 17.03.2019
18022
2 daqiqa o‘qiladi

​OAV: Qirg‘iz chegarachilari xalqaro tashkilot vakillarini Voruxga kiritmayapti

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara masalasida jiddiy tus olgan kelishmovchilik davomida qirg‘iz chegarachilari Qizil Yarim Oy jamiyati avtomobilini Voruxga kiritmadi. Bu haqda AP xabar bermoqda. 

Nashrning qayd etishicha, qirg‘iz chegara xizmati xodimlari, shuningdek, tez tibbiy yordam mashinalari va halok bo‘lganlar mayitini olib ketish uchun kelgan jamoatga ham ruxsat bermagan. 

«Qizil Yarim Oy jamiyati mashinasi zarur tibbiy anjomlar bilan Isfara shahrining Vorux hududiga kiritilmayapti. 13-14 mart kuni tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan otishmada yaralangan aholiga yordam berish uchun o‘sha joyda hozir bo‘lgan xalqaro tashkilot mashinasi besh kundan buyon qirg‘iz askarlari tomonidan tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan Voruxga kirishga muvaffaq bo‘lmagan», — deyiladi xabarda. 

Foto: Asia-Plus

​Qizil Yarim Oy jamiyati 1919 yilda paydo bo‘lgan va uning asosiy vazifasi urush davom etgan to‘rt yil ichida og‘ir sinovlarga duch kelgan mamlakatlar aholisining sog‘lig‘ini tiklash bo‘ldi.​ Ayni paytda tashkilot o‘z faoliyatini davom ettirib, kam himoyalangan toifali shaxslarning hayotini yaxshilash bilan shug‘ullanadi.

Foto: Asia-Plus

Mavzuga oid