Milliy gvardiya Toshkent aeroportida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tezkor harakatlanuvchi bo‘linmalarini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirish maqsadida Toshkent sharqiy aeroportida aksilterror operatsiyasi, shuningdek, taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar fuqarolarni ozod qilish maqsadida shartli terrorchilar o‘rnashib olgan samolyotga turli jangovar usullarda qo‘qqisdan zarba berish va ularni yakson qilish harakatlarini amalga oshirdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida bo‘linmalarning hududga joylashishi, kuzatuv punktini jihozlash, razvedka ishlarini o‘tkazish, terrorchilar bilan muzokara olib borish, jangovar juftlik tartibida taktik manyovrlarni amalga oshirish, qo‘yilgan vazifani bajarish bo‘yicha mashqlar innovatsion yondashuvlar asosida ko‘rsatildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
20:25 / 19.09.2024