Sport | 19:40 / 31.03.2019
21371
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik 5 nafar bokschi Boku turniri finaliga yo‘l oldi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqaning yarim final bellashuvlari yakunlandi. Dunyoning 10dan ortiq mamlakatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari ishtirokida kechayotgan musobaqada O‘zbekiston vakillaridan 5 nafari finalga chiqdi.

O‘zbekiston jamoasi yetakchisi Hasanboy Do‘smatov jarohat tufayli yarim final jangida ishtirok etmadi va finalga chiqa olmadi. Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Jasurbek Latipov esa yarim finalda qozog‘istonlik Shalkar Ayxinbayga yutqazdi.

Yarim final bahslari natijasi:

-49 kg: Jasurbek Latipov – Shalkar Ayxinbay (Qozog‘iston)
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Yermek Madiyev (Qozog‘iston)
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Oljas Bayniyazov (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Javid Chalabiyev (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Tamerlan Magomedov (Rossiya)
-81 kg: Xurshid Abdullayev – Rauf Rahimov (Ozarbayjon)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Yunus Balla (Marokash)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Shigabudin Aliyev (Rossiya)

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik bokschilar bronza medaliga ega bo‘lishadi.

Mavzuga oid