Sport | 22:26 / 02.04.2019
5136
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuis Xemilton afsonaviy Shumaxerni ortda qoldirdi

34 yoshli britaniyalik avtopoygachi Lyuis Xemilton “Formula-1” poygalari tarixidagi eng katta haq oluvchi poygachiga aylandi. U bu borada 7 karra jahon chempioni Mixael Shumaxerni ortda qoldirdi.

Forbes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 5 karra jahon chempioni Xemilton o‘z jamoasi “Mersedes” bilan 50 mln dollarlik yangi shartnomani imzolagandan keyin, uning “Formula-1”dagi faoliyati davomida topgan umumiy maoshi 489 mln dollarga baholangan.

1999 yildan beri bu borada Shumaxer yetakchi bo‘lib kelgan. Hozirda u 464 mln dollar bilan 2-o‘ringa tushdi.

3-o‘rinni esa “Formula-1”dagi faoliyati davomida 458 mln dollar ishlab topgan Fernando Alonso egallagan.

“Formula-1”ning eng puldor poygachilari beshtaligidan shuningdek Sebastyan Fettel (358 mln dollar) va Kimi Raykkonen (331 mln dollar) ham joy olgan.

Mavzuga oid