Xalqaro festivalda 5 yoshli baxshi ham ishtirok etmoqda
Surxondaryoda o‘tayotgan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan I Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining eng yosh baxshisi sifatida tomoshabinlar e'tiboriga tushgan G‘olibjon Oribov do‘mbira chertib, qo‘shiq aytishni qoyillatmoqda.
Asli muzrabotlik G‘olib baxshi «baxshilik» yo‘nalishining 1-sinf o‘quvchisi, shu yo‘nalishda ta'lim berayotgan Mahammad Baxshi Eshboyevdan baxshilik san'atining sir-sanoatlarini o‘rganib kelyapti.
YuNeSKO shafeligi ostida Surxon vohasi, Termiz shahrida o‘tkazilayotgan birinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivalida 20ta davlatdan 57 nafar ijrochi, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Afg‘oniston, Turkiya, Tojikiston, Quvayt va boshqa davlatlardan faxriy mehmonlar ishtirok etish kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:53
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024