Sport | 21:02 / 14.04.2019
3796
1 daqiqa o‘qiladi

Xemilton “Formula-1”ning 1000-poygasida g‘olib bo‘ldi

Foto: Reuters

Britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton Xitoy Gran-prisining g‘olibi bo‘ldi.

Shanxayda o‘tgan poygada 2-o‘rinni Xemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas egallagan. Marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib Ferrari a'zosi Sebastyan Fettel kesib o‘tgan.

Xemilton Shanxaydagi muvaffaqiyati tufayli poyga musobaqa jadvalining 1-o‘rniga ko‘tarilib oldi. Hozirda uning hisobida 68 ochko bor. 2-o‘ringa tushgan Bottasda esa 6 ochkoga kamroq. 3-o‘rinni 39 ochko bilan Maks Ferstappen egallamoqda.

Shanxaydagi poyga “Formula-1” tarixidagi 1000-yubiley poyga bo‘ldi. “Formula-1”ning birinchi poygasi esa 1950 yil 13 mayda Britaniyaning Silverstounida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda poygani italiyalik Juzeppe Farina yutgan va aynan u “Formula-1”ning birinchi chempioni hisoblanadi.

Poyganing keyingi 4-bosqichi Ozarboyjonda 27-28 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid