O‘zbekiston | 17:47 / 24.04.2019
3279
1 daqiqa o‘qiladi

UZ domenining 24 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

24 aprel kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida .uz domenining 24 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro texnik konferensiya boshlandi. 24 – 28 aprel kunlari o‘tadigan konferensiya UZINFOCOM (O‘zbekiston), ICANN (AQSh) va auDA kompaniyasi (Avstraliya) ko‘magida APTLD (Osiyo – Tinch okeani yuqori darajali domenlar uyushmasi) tomonidan tashkillashtirilgan.

Konferensiyada  Birlashgan Arab Amirliklarining AEServer, Irlandiyaning Afilias, Chexiyaning GransyS.R.O, Misr Arab Respublikasi telekommunikatsiya sohasi regulyatorlari, Afg‘oniston Islom Respublikasining informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalar vazirligining vakillari ishtirok etyapti.

Ushbu tadbirda  DNSSEC masalalari, milliy domenlarda samarali marketing bo‘yicha mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilda Janubiy Karolina informatika instituti .uz milliy domenini yaratish bo‘yicha talabni ma'qullagan. 

Ma'lumot uchun, .uz domenida 66 979 ta sayt ishlayapti (24.04.2019 holatiga ko‘ra).

Mavzuga oid