Hindistonda timsoh cho‘ponni o‘ldirdi
Hindistonning Karnataka shtatida timsoh mahalliy aholi vakillaridan biriga hujum qildi va uni o‘ldirdi. Bu haqda The Hindu nashri xabar bermoqda.
28 aprel kuni 58 yoshli, Basavalingappa ismli cho‘pon Gudur qishlog‘i yaqinidan oqib o‘tuvchi Bhima daryosidan suv ichmoqchi bo‘lgan. Xuddi shu paytda poylab turgan timsoh unga tashlangan va cho‘ponning chap qo‘li hamda o‘ng oyog‘ini uzib olgan. Basavalingappa ko‘p qon yo‘qotishdan jon bergan.
Marhumning qishloqdoshlari ma'lum qilishicha, daryo deyarli butunlay qurib qolgan va timsohlar yegulik izlab qirg‘oqqa juda yaqin kelishmoqda, hatto quruqlikka ham chiqib ov qilishmoqda.
Mahalliy aholi o‘rmon xo‘jaligi departamentidan zarur choralar ko‘rishni va cho‘ponning oilasiga kompensatsiya to‘lashni talab qilishyapti.
Mavzuga oid
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024