Bo‘z tumani ko‘chalarida «Bookland» elektron kutubxonalari ishga tushdi
Andijon viloyatining cho‘l hududi bo‘lgan Bo‘z tumanida 5 tashabbus ijrosini ta'minlash,aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng yoyish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Kuni kecha tumanning aholi gavjum bo‘lgan joylariga mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ilmiy qo‘llanmalar hamda chet el adiblarining 500dan ortiq asarlariga ega«Bookland» elektron kutubxonalarini o‘rnatish boshlandi.
QR kodini telefon orqali skanerlash orqali kitoblarni o‘qish imkoniyati mavjud bo‘lgan mazkur elektron ziyo maskanlariga yoshlar o‘rtasida qiziqish juda baland.
Tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev Bo‘zda mana shunday15 ta elektron kutubxonalar o‘rnatilishi, shaharchada bunyod etilayotgan “Book kafe”kitoblar uyi ham tez kunlarda ishga tushishini bildirdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
18:50 / 11.10.2019
MIBning soxta xodimi qo‘lga olindi
12:30 / 17.05.2019
Andijondagi Bo‘z tumani nomi o‘zgaradi. Tumanga 25 milliard so‘m mablag‘ ajratildi
10:39 / 14.04.2019
Maktablarda elektron kutubxona tizimi joriy etiladi
17:20 / 18.07.2018